Янгиликлар
15
Adliya faoliyatidan
Sayyor qabullar bugun muammolar kaftdek ko‘rinib turadigan, haqiqiy masalalar o‘rganib anglashiladigan tadbirga aylandi. Mutasaddi organ vakillarining joyiga chiqqan holda masalani o‘rganishi ishni to‘g‘ri tashkil etilshda samarali mexanizm bo‘layapti desak mubolag‘a emas.Shu bois, Navoiy viloyati adliya organlari tizimida ham “Sayyor qabullar ” haftaliklari tashkil etib boriladi.Haftalik doirasida navbatdagi tadbir Navbahor tumanida bo‘lib o‘tdi.
Keng qamrovda tashkil etilga qabul mobaynida fuqarolar turli masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi.
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar bilan yakka suhbatlar oʼtkazilib, muammolarini ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yigʼilganlar tomonidan bandlik, pensiya taʼminoti, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq toʼlovlari, nogironlikni belgilash, ish stajini tiklash va imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish singari bir qator masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida fuqarolarga 20dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituvi uchun qabul qilindi.