Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya faoliyatidan


 Kishining mehnat qilishidan asosiy maqsadi moddiy manfaatdorlik.Qonunchilikda xodimga ish haqidan tashqari mehnatga qarab turli shakldagi ustama pullari to‘lab berish belgilanganki,bu bilan ishchilarni mehnatda rag‘batlantirish nazarda tutiladi.Ammo Xatirchi tumanida faoliyat yuritayotgan madaniyat xodimlari ana shunday rag‘batlantirishlar ularga nisbatan qo‘llanilmaganidan shikoyat qildi. Holat tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4730-sonli qarorining 11-bandida Davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to'lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan mablaglar hisobidan moddiy rag'batlantirishning tartibi belgilangan.
 Unga ko‘ra, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo'limlari xodimlariga ko'p yillik mehnati uchun rag'batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda , lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda , har oyda: 1 yildan 5 yilgacha 0,1; 5 yildan 10 yilgacha 0,2; 10 yildan 15 yilgacha - 0,3; 15 yildan ortik -0,4 qo'shimcha pul to'lab berilishi lozim.
 Tuman adliya bo‘limi tomonidan madaniyat bo‘limi xodimlarining shikoyati o‘rganilganda ularga, belgilangan tartibda qo'shimcha pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
 O‘rganishda, 4 nafar xodimga 2020-yil 26-maydan 2022-yil 1-iyuligacha ishlagan davrida jami  40 million 265 ming so‘mlik ko'p yillik mehnati uchun rag'batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlardagi qo`shimcha to`lovlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi. 
 Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan 4 nafar tuman madaniyat bo`limi xodimlarining manfaatida ushbu to‘lovlarni to‘lab berilishi yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Xatirchi tuman sudiga da’vo ariza kiritilib, arizalar to`liq qanoatlantirilishiga erishildi.
 
Zafar Nasimov
Xatirchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i