Янгиликлар
15
Adliya faoliyatidan
Tijorat maydonida o‘z brendiga ega bo‘lgan tadbirkor,ijobiy ma’noda raqobatga tayyor,huquqiy jihatdan himoyalangan hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga razm solsak, guvoh boʻlamizki, jahon va mamlakat miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tadbirkor xoh u ishlab chiqarish, xoh xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lsin BREND ostida faoliyat yuritadi. Navoiy viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan amaliy seminarda shu haqda so‘z yuritildi . Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari va hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Respublikamizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasini bermoqda. Jahon bozorida oʻz brendiga ega boʻlayotgan korxonalar soni ortib borayotgan bir paytda ichki bozor talablariga mos ravishda faoliyat yurituvchi korxonalar soni ham koʻpayib borayotir. Tadbirda shu haqda so‘z yuritilar ekan, ular tomonidan tayyorlangan va isteʼmolga tavsiya etilayotgan mahsulotlar sifat darajasidan xorijnikidan qolishmasligi ta’kidlandi. Biroq ayrim ishlab chiqaruvchilar oʻz brendini yaratish, shu orqali erkin raqobatni “yorib chiqish” oʻrniga yirik ishlab chiqaruvchilar nomidan foydalanayotgani, bu esa savdo manzillarida kontrafakt mahsulotlar paydo boʻlishiga sabab bo‘layotganiga urg‘u berildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil,26-apreldagi 221-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.Xususan, Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga qarshi kurashish, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etish, xususan, ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish, joylarda intellektual mulk obektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq faoliyatga ko‘maklashish, intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.