Янгиликлар
15
Adliya faoliyatidan
Uchquduq tuman adliya bo‘limi, Ichki ishlar bo'limi, Oila va xotin qizlar bo'limi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasining majlislar zalida jamiyatda gender tenglik, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ushbu seminarda, xotin-qizlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha imtiyozlar, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning huquqiy oqibatlari, xotin-qizlar o‘rtasidagi suitsid (o‘z joniga) qasd qilish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda ularni qiynab kelayotgan muammolar eshitilib, tegishli huquqiy tushunchalar berildi.