Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya faoliyatidan


Mulk va meros masalasi jamiyatdagi eng faol huquqiy munosabatlar sirasiga kiradi.Qonun xujjatlari orqali tartibga solinadigan mazkur munosabatlar odatda notarial harakatlar orqali amalga oshiriladi.Ammo kishi xayotida tezkor qaror qabul qilishni talab etadigan shunday vaziyatlar boʻladiki,bunda paytda har doim ham notarius xizmatidan foydalanishga ulgurish mushkul. Bu asosan tibbiyot muassasalarida bemor kishilar bilan yuzaga kelishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomada ana shunday holatlarga  nisbatan qonuniy yechim topilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va Notarial palatasi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, ayni paytda mazkur hujjatda belgilangan tartib barcha tibbiyot muassasalarida ham qoʻllanilmayapti.Natijada meros va vasiyatnoma qoldirish masalasida ayrim kamchiliklar yuzaga kelmoqda.Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan huquqiy aksiya eʼlon qilindi. Unga koʻra Navoiy viloyatida palataning hududiy boshqarmasi va viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan barcha tibbiyot muassasalarida mazkur hujjat mazmun-mohiyati va uni amalda toʻgʻri qoʻllash boʻyicha huquqiy tushuntirish va targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Muloqotlar davomida tibbiyot sohasi vakillariga notarial tartibda tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalarni rasmiylashtirish tartibi va oʻziga xos qoidalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar  berilayapti. Shuningdek, amaliyotda sogʻliqni saqlash tizimi masʼul xodimlari tomonidan vasiyatnomalarni tasdiklashda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar  aytilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq koʻrsatmalar va  uslubiy qoʻllanmalar taqdim etilmoqda.