Янгиликлар
22
Huquqiy targ'ibot
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning joylardagi targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
Targ'ibot tadbirlari davomida fuqarolarga alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishga doir cheklashlar belgilanganligi, unga muvofiq, tovarlarni ta’lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan 500 metrdan kam radiusda joylashgan savdo ob’ektlari tomonidan realizatsiya qilish mumkin emasligi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-moddasida etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilganligi tushuntirilmoqda.