Янгиликлар
14
Adliya faoliyatidan
Tizimning maqsadi xalqni rozi qilish. Byurokratiya va korrupsiyaga chek qo‘yish. Aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qanoatlantirishdan iborat.
Viloyatning hududlardagi 11 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning jami 288 ming 077 ta murojaatiga yechim topildi. Shundan 34 ming 512 tasi onlayn tartibda amalga oshirilgan.
Eng ko‘p xizmat viloyatning Navoiy shahrida amalga oshirilgan. 74 ming 535 ta davlat xizmatiga ariza tushgan. Karmana tumanida aholi va tadbirkorlar 42 ming 926 ta, Xatirchida 40 ming 698 ta davlat xizmati oldi. Qiziltepa tumanida 40 ming 445 ta fuqaro murojaatiga davlat xizmati ko‘rsatilgan.
‼️Yuridik korxona ochgan 3265 nafar biznes vakillariga ham Davlat xizmatlari markazlari orqali tezkor xizmat ko‘rsatilgan. 2636 nafar tadbirkor yakka tartibda faoliyat yuritishini rasmiylashtirgan.