Янгиликлар
08
Adliya faoliyatidan
Kadrlar har bir tashkilotda qimmatli resursdir.Ularning salohiyati faoliyat samaradorligini belgilovchi asosiy omil sanaladi. Shu bois, kadrlarni o‘z ustida ishlashi, hordiq chiqarishi, ma’naviy jihatdan yuksalib borishi uchun imkon yaratish o‘zaro to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhim.Adliya organlari tizimida kadrlar bilan ishlashda ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar uchun “Ochiq muloqot haftaligi” e’lon qilindi. Maqsad xodimlar bilan yuzma-yuz samimiy muloqot tashkil etish, ularning o‘z vazifasiga mas’uliyati va munosabati, o‘y-fkrlari hamda ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Dastlabki muloqot tuman, shahar FHDY bo‘limi xodimlari bilan bo‘lib o‘tdi.Bunda avvalo soha vakillarining mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarni anglashi,ish joyidagi mavjud sharoitlar, mehnat intizomi va qonunchilikka rioya qilish tartibi xususida so‘z yuritildi.
Suhbat davomida xodimlar bilan kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borildi,
Shuningdek, soha vakillarining ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ish samaradorligini oshirish, jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha fkirlari tinglanib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.Adliya boshqarmasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.