Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

MAHKUMLARGA ID-KARTALAR TOPSHIRILDI


   Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat koʻrsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida oʻtkazilgan tadbir ana shu mavzuga bagʻishlandi.
 Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida indentifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6065-sonli farmoni mazmun-mohiyati va hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtishdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga 2021-yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish tartibi,identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkinligi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Tadbir soʻngidi jazo muddatini oʻtayotganlar orasida ID-kartalari olgan mahkumlarga shaxsni tasdiqlovchi mazkur turdagi hujjatlar tantanali topshirildi.