Янгиликлар
NAVOIYDA IPOTEKA MARKAZI FAOLIYAT YURITMOQDA
Navoiy viloyatida ipoteka markazi faoliyat yuritmoqda. U hududda qurilayotgan uylar, unga xizmat koʻrsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida maʼlumotlar beradi. Fuqarolar notariuslar koʻmagida har qanday masalada huquqiy koʻmak olishlari mumkin.
Mamlakatimiz rahbari joriy yilning 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan muloqotda ipoteka kreditlarini ajratishda byurokratiyani kamaytirish boʻyicha topshiriqlar berib, 1-sentyabrga qadar aholiga har tomonlama xizmat koʻrsatadigan ipoteka markazlarini tashkil etishni topshirgan edilar. Shunga asosan faoliyat yuritayotgan markazda poteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim bor. Zamira Qodirova bir necha yildan buyon Navoiy shahrida notarial faoliyat yuritib kelmoqda. Markazga kelgan kishi dastlab u kishi bilan muloqotga kirishadi.Bu yerda nainki hududda qurilayotgan uylar, ularga xizmat koʻrsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida balki boshqa huquqiy masalalarda ham batafsil maʼlumotlar berilib, amaliy yordam koʻrsatilmoqda
Keng,yorugʻ va har tomonlama qulay shaklda tashkil etilgan ipoteka markazida Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalari talab yuqori boʻlgan xizmatlardan. Bu yumushlarni hal etishda fuqarolar ovoragarchiliklarsiz ishlarini bitirishayapti. Boisi barcha xizmatlar bir joyda koʻrsatilmoqda.
Bundan tashqari aholi xizmat koʻrsatishnnig boshqa turlaridan ham foydalanishi, bir vaqtning oʻzida sanʼat va madaniyat namunalaridan bahramand boʻlish imkoniyatiga ega. Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Matbuot xizmati