Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

UCHQUDUQDA ISH QIZG‘IN


  Ayni payt adliya tizimida ish jarayoni  qizg‘iz pallada. Joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari ko‘paygan, ayniqda bosh qomusimizning 30 yilligi keng nishonlanmoqda.Viloyat markazidan qariyib 400 km uzoqlikda joylashgan Uchquduq tumani adliya bo‘limi xodimlari ham xalq orasida.
Soha vakillari Konstitutsiya targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratib, aholining savodxonlik darajasini yanada oshirishga bel bog‘lashgan.
Barcha tuman, shahar adliya bo‘limlari qatori Uchquduq tumanida ham ish avvalo konstitutsiya burchagini tashkil etishdan boshlandi.Hududdagi davlat organlari va tashkilotlarida kunlik “Konstitutsiya soatlari”o‘tkazilib, ma’naviy-marifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar alohida reja asosida tashkillashtirib borilmoqda.
Mahalla guzarlari aholi yig‘iladigan eng qulay maskan.Bu yerda fuqarolar nainki huquqiy maslahat olishayapti balki, bir vaqtning o‘zida davlat xizmatlaridan ham foydalanish, o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda boshqa tashkilotlar bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Bundan tashqari ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida xodimlarni  mobil.id.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish  tadbirlari olib borilmoqda.