Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

DARAXTLARNI KESISH JARIMAGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN


Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlanayotganlik holatlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq, o‘simlik dunyosi umummilliy boylik hisoblanishi, ular davlat muhofazasidaligi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30-dekabr

2021-yildagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF-46-son Farmoniga asosan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

Shuningdek, moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarima miqdori 5 baravarga, daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Daraxtlarni noqonuniy ravishda kesish holatlari asosan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotganligi sababli mazkur tashkilot rahbarlari quyidagilarni e’tiborga olishlari zarur.

Xususan, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining

 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.

Bunda, darajasi pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil mobaynida reyting bahosini ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi, darajasini pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (300 ming so‘m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqarolarimizdan qonunchilik hujjatlariga qat’iy amal qilgan holda daraxtlarni noqonuniy tarzda kesmasliklarini hamda ekologiya va atrof muhitni saqlashda jamoatchilik nazoritini kuchaytirishni so‘raymiz, shuningdek daraxtlarning kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilganligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Navoiy shahar adliya bo‘limi