Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

HAYDOVCHINING NAFAQA PULI OSHIRILDI


Nag‘akepay Kosbarmaxov  Zarafshon shahrida yashaydi. Ammo umrining yarmidan ko‘pi Tomdi tumanida o‘tgan. Shu bois, tomdiliklar uni “haydovchi og‘a” sifatida yaxshi tanishadi. Fuqaro shu hunari bilan ro‘zg‘or tebratdi. 1979 yillarda faoliyatini Tomdi tumani “Vet apteka” haydovchisi vazifasidan boshlagan bo‘lsa, keyinchalik, Tomdi tumani “Buxoro OPS” Tomdi tumani “Rayselxoztexnika”, Tomdi tumani “XATP №7” korxonasi, tuman avtomobil parki (РАП) (RAP) (Mashina traktor parki) haydovchisi sifatida davom ettirgan. Nafaqaga chiqish yoshi yetganda “haydovchi og‘a”ning ishlagan yillari inobatga olinmadi.Qo‘liga oladigan nafaqa pulining miqdori juda kam edi. Bu paytda u Zarafshon shahrida yashayotgani bois, shahr adliya bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qildi.

 Aniqlanishicha ushbu yillar uchun byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zarafshon shahar bo‘limi томонидан sug‘urtabadallari to‘lanmagan.Shu bois ishlagan davrlar ish stajiga inobatga olinmaган.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga ko‘ra, Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Shunga asosan, adliya bo‘limi tomonidan Navoiy tumanlararo Ma’muriy sudiga fuqaro Nag‘akepay Kosbarmaxov manfaatida sudga da’vo arizasi kiritilib, fuqaro arizasi ijobiy qanoatlantirib

Мазкур даъво аризаси суд томонидан тўлиқ қаноатлантирилиб, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zarafshon shahar bo‘limiга фуқаро Н.Косбармаховга юқорида қайд этилган иш стажларини пенсия ҳисоблашда инобатга олиш мажбурияти юклатилган.  

O.Nosirov

Zarafshon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i