Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

NAVOIYDA TA’LIM MUASSASALARI XODIMLARIGA 800 MILLIONGA YAQIN PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI


Navoiyda 6 ta umumta’lim maktabi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida qayta tashkil etildi. Xususan, Navoiy shahridagi Navoiy-Qorako‘l ixtisoslashtirilgan maktab-internat, Navbahor tumanidagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktab, Nurota tumanidagi 1-son ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab, Konimex tumanidagi 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktab, Xatirchi tumani 88-son ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab, Qiziltepa tumani 40-son ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablari endilikda ana shu ro‘yxatda.

Ammo mazkur maktablarda tashkiliy shakl o‘zgartirilgandan so‘ng, ayrim o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinish jarayonida mehnat qonunchiligiga amal qilinmagan.

Adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoni ijrosi tahlil etilganda mazkur muammo aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha Agentlik maktablarini tashkil etilayotganda  Xatirchi tumanidagi 82 nafar, Qiziltepa tumanidagi 58 nafar, Konimex tumanidagi 45 nafar xodim mazkur turdagi muassasa talablariga mos kelmagani bois, boshqa ishga o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko‘ra, ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.Ammo, ish beruvchi tomonidan xodimlarga kompensatsiya puli,ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda yakuniy hisob-kitob mablag‘lari to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Mehnat kodeksida mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi va uning miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.Shuningdek,xodimga foydalanilmagan barcha yillik  asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi ham nazarda tutilgan.

Shu asosga ko‘ra, adliya organlari aralashuvi bilan 185 nafar ta’lim muassasalari xodimlariga 800 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

Bahodir Ravshanov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i