Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Targ'ibot


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida  “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Muloqot avvalida  davlat boshqaruvida xalqaro tajriba, mazkur tizimni ixchamlashtirish va tarmoqlararo institutsional mustaqillikni ta’minlash haqida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, hujjat bilan har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi masʼuliyati oshirilishi belgilangani, Mos ravishda javobgarligi ham kuchaytirilishi, ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablagʻ berilishi ham koʻrsatilgani, bu orqali  ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va institutsional mustaqilligini oshirish asoslari qonuniy belgilab berilgani haqida aytib o‘tildi.