Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

NAVBATDAGI QABUL MANZILI XATIRCHI TUMANI


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari A.Muhammadiyevning Navoiy viloyatidagi navbatdagi sayyor qabuli Xatirchi tumanida tashkil etildi. Ayni paytda sektor rahbarlari ishtirokida "Tamabahrin" mahallasida o'tkazilayotgan qabulga 100dan ortiq fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida kelgan.

Aytish joiz,Xatirchi hududi jihatidan viloyatning eng katta tumanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 200 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. 70 ta mahalla mavjud bo'lib, qabulda tumanning olis hududlarida joylashgan mahalla fuqarolari ham o'z murojaatlari bilan qatnashmoqda.

Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, yoʻl qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, oilaviy munosabatlarga oid bir qator masalalari mas'ullar tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

 Bundan tashqari qabulga kelganlar,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha ham bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

Ayni paytda qabul davom etayapti.