Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

ADLIYA: SAYYOR MOBIL XIZMAT LANGARDA


Navoiy viloyatining tog‘li hududidagi olis manzil "Langar" qo‘rg‘onida  aholining qish mavsumida safarga chiqish imkoniyatlari ancha chegaralangan. Boisi, qo‘rg‘on dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan. Ob-havo haroratining pasayib ketishi tufayli dekabr oyining o‘zidayoq tabiat aholiga noqulayliklar tug‘dira boshlaydi.

Boshqacharoq aytsak, viloyat yoki tuman markazidan 150 kilometr yo‘l bosib, adliya mobil ofisi tashrif buyurmasa, qo‘rg‘on ahli o‘z muammolariga yechimni mart aprel oylariga qadar kutishlariga to‘g‘ri keladi. Xatirchi tumani adliya bo‘limi DXM xodimlari ikki haftada bir marotaba hududda bo‘lib, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib, murojaatlariga yechim topmoqdalar.