Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bugun Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat FVB bilan hamkorlikda o'quv-seminar tashkil etildi.


Seminarni boshqarma xodimlari H.Xamrayeva, O.Rajabov hamda 8 nafar qutqaruvchilari "Tabiiy ofatlar vaqtida qilinadigan harakatlar"va "Yosh qutqaruvchi klublari faoliyatini tashkil etish" mavzusida texnikumning 110 dan ortiq o'quvchi va pedagoglari ishtirokida o'tkazishdi.

Mashg'ulot davomida o'quvchilarga favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholiga yordam ko’rsatish, favqulodda vaziyatlarda o’zini tutish ko’nikmalarini rivojlantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarish masalalari yuzasidan tushuntirish berib o'tildi.

Seminar yakunida Navoiy viloyati FVV boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda uslubchi Q.Quldashev rahbarligida ko'ngilli "Yosh qutqaruvchi" guruhi shakllantirildi.

Mazkur amaliy va nazariy tadbir Navoiy viloyat televidiniyasida va radiosida efirga uzatildi.