Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

VORISLIK HUQUQI


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,Notarial palatasi, “Yuksalish” umummilliy xarakati bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21-fevral kunlari Respublikamiz boʻylab “Meros va vorislik huquqi” mavzusida bepul maslahatlar aksiyasi oʻtkazilishi haqida eʼlon qilingan edi. 

Navoiy viloyatida ham mazkur  ham mazkur aksiya yuqori saviyada tashkil etilmoqda.Loyiha doirasigi dasitlabki targʻibot tadbiri“Yoshlar markazi” binosida oʻtkazildi. 

Tadbir Notarial palataning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi,adliya boshqarmasi “Yuksalish” umummiliy harakati Navoiy viloyat hududiy boʻlinmasi hamkorligida boʻlib oʻtdi.

Dastlab yigʻilganlar uchun majlislar zalida maʼruzachilar tomonidan meros va vorislik huquqi masalalarida hamda vasiyatnoma va uning afzalliklari haqida umumiy tushuntirishlar berildi.

Shundan soʻng, “Yoshlar markazi” binosining katta zalida tashkil etilgan “Maslahatlar burchagi”da  har bir fuqaro uchun individual tarzda savol javoblar oʻtkazildi.