Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya: "Do‘rmаn" filialida ish qizg‘in.


Viloyatning eng olis hududlaridagi 9 ta  ovul va qishloqlarda Davlat xizmatlari markazlarining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, Karmana tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazining "Do‘rmаn" filiali  orqali 6 ta qishloq aholisiga davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Mazkur hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar  filial faoliyatidan mamnun. Haftaning bir kunida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatiga aholidan 40 dan ortiq murojaat qabul qilinmoqda. 

Xizmat mohiyatining o‘zi aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdan iborat. Maqsad xalq rozi rizoligini olish. Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, zamonaviy yangidan barpo etilgan "Do‘rman" guzarida mahallaning uch mingdan ortiq aholisi va 300 dan ortiq tadbirkorlarining davlat xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirilmoqda.