Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

YURIDIK SEMINAR


Bugun kasallikni yashirib bo‘lmaydigan, yashirsa ham isitmasi oshkor qiladigan davrdamiz.Elktron hukumat tizimining ishga tushishi barcha sohalardagi kamchiliklarni isitma singari yuzaga chiqarib qo‘ydi.Yuridik xizmat ko‘ratish markazlari endilikda elektron hukumat tizimining bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda.Ular davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlarning qonuniy yuritilishini ta’minlashga mas’uldir.Shu bois, e-huqushunos dasturi orqali soha mutaxassislariga kelib tushayotgan turli shakldagi hujjatlar yuridik ekspertizadan o‘tkaziladi va mazkur hujjatlarning hammasi ham talab darajasida emas.

Shu bois,Navoiy viloyati adliya organlari tizimida “Yuridik seminarlar” haftaligi bo‘lib o‘tdi.Tuman, shahar adliya bo‘limlari yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan joylardagi davlat organlari va tashkilotlarida o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etildi.Ana shunday tadbirlardan biri Uchquduq tumanida o‘tkazildi. Tadbirda davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari, yuridik xizmat markazlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Muloqotda yangi qabul qilingan mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.Shundan so‘ng, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar, hujjatlarda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tildi.