Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

KONTROFAKTGA QARSHI KURASHISHDA HAMKORLIK


Navoiy viloyatida “Kontrofaktsiz oy" oyligi bo‘lib o‘tmoqda. Oylik doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etib borilayapti.Ana shunday tadbirlardan biri viloyat bijxona boshqarmasi, soliq idoralari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Muloqot davomida bugungi kunda mavjud bo‘lgan kontrofakt mahsulotlari,ularning turlari bunday mahsulotlarning mamlakat hududida tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va qonunchilikdagi tartib-taomillar xususida so‘z yuritildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, Navoiy   viloyat   adliya   boshqarmasi   tomonidan   2022-yilning   9   oyi   davomida intellektual   mulk  sohasiga   oid   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   96 ta murojaatlari ko‘rib   chiqilib,   ijobiy   hal   etilgan.   Shuningdek,   joylarda  85 ta  kuzatuv  profilaktika tadbirlari   o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 245 ta  ogohnoma,  74 ta taqdimnoma kiritilgan, 6 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.