Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA YOSHLAR AKSIYASI


“Kontrofaktsiz oy” oyligi Navoiy viloyatida davom etmoqda.Loyiha doirasida “Intellektual mulk sohasida yoshlar aksiyasi” tashkil etildi.Aksiya viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumining “Street Law” jamoasi  a’zolari ishtirokida aholi gavjum bo‘ladigan muassasalarda o‘tkazildi.
Sir emaski, mamlakatimiz ichki bozorida kontrafakt mahsulotlar uchrab turadi.

Kontrafakt oʻzi nima?

Kontrafakt mahsulot – bu intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlar.

Ular ichki isteʼmol bozorida koʻpincha oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo, kosmetika hamdaa dori-darmon kabi mahsulotlarga oson taqlid qilingan holda  qalbakilashtiriladi va undan nusxalar olinadi.

Qalbaki mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish nafaqat asl ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulk huquqlarini buzadi, balki isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligiga tahdid soladi..

Aksiya davomida yoshlar fuqarolarga maxsus tarqatma materiallari ko‘magida asl mahsulot va uning kontrofakti bo‘yicha aniq ma’lumotlar berishdi.

MA’LUMOT O‘RNIDA:
 Aytib o‘tish kerak , “Kontrofaktsiz oy” oyligi doirasida adliya boshqarmasi tomonidan oziq-ovqat va buyum bozorlarining aholi gavjum joylari va avtobuslarga targ‘ibot bannerlari joylashtirildi.