Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

MAHKUMLARNING HUQUQLARI KENGAYTIRILDI


     So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishini, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda, shu jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 15-fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bu boradagi ishlarning mukammal asosi bo‘ldi, desak mubolag‘a emas.
    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir mazkur qonun targ‘ֲibotiga bag‘ishlandi. 
    Muloqot davomida  jazoni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyillarini keng tadbiq etish, jazoni ijro etish tizimi ochiqligi va shaffofligi ustidan jamoatchilik nazorati rolini oshirish, mahkumlarni ahloqan qayta tarbiyalash, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy ish samaradorligini oshirish bo‘yicha qonunda belgilangan tartiblar xususida so‘z yuritildi.