Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

SOG‘LIQNI SAQLASH VA TA’LIM TIZIMI XODIMLARI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT


Navoiy viloyatida sog‘qni saqlash va ta’lim sohasi vakillari uchun huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Aytib o‘sh kerak, joriy yilning 17-fevral sanasida viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Navoiy viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, energetika va oziq-ovqat ta’minoti hamda kriminogen vaziyatga ta’siz etuvchi ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish samaradorligini yana oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” imzolangan edi.

 Mazkur hujjatga asosan, viloyatda adliya boshqarmasi tomonidan jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar asosan sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida o‘tkazilib, soha vakillarining 500 dan ortig‘i qamrab olindi.

Muloqotlar davomida yig‘ilganlarga mehnat qonunchiligi, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.Shundan so‘ng, har bir xodim o‘zini qiziqtirgan masalalar yuzasidan yuridik javob oldi.