Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

HARBIYLAR OILASI UCHUN HUQUQIY ANJUMAN


Zarafshon shahrida adliya bo‘limi tashabbusi bilan Navoiy harbiy prokuraturasi hamkorligida huquqiy anjuman tashkil etildi. Tadbir joyi Zarafshon shahar 7551- sonli harbiy qism.

Anjumanda harbiy qismlar, mudofaa ishlari, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda nafaqadagi harbiylar ishtirok etishdi.

Xalqimiz uchun oilaning ahamiyati katta.Unga muqaddas dargoh sifatida qaralishi ham bejizga emas.Shu bois, milliy qonunchiligimizda oilaning huquqiy maqomi alohida tartibda belgilab qo‘yilgan. Ota-onaning farzand oldidagi, farzandning ota-ona oldidagi majburiyatlari, ayollar va bolalar huquqlari konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Harbiylar va ularning oilalari uchun o‘tkazilgan tadbirda ham aynan mazkur masalaga alohida urg‘u berildi. Anjuman avvalida mamlakatimizda oila mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari mazmun mohiyati haqida so‘z yuritildi. Badiiy chiqishlar tashkil etildi.

Shundan so‘ng, tegishli mutasaddi idora vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, yig‘ilganlarning murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.