Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

YURTIMIZDA NAVRO‘Z SHUKUHI


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, viloyat ayollarni moslashtirish va reablitatsiya qilish markazi hamkorligida G‘azg‘on shahrida Navro‘z ayyomi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab hudud xotin-qizlari bilan uchrashish,ularning kayfiyati, orz-u umidlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Oila qadri, onalik maqomi, farzand tarbiyasi,huquq va manfaatlarning qonuniy himoyasi,davlat xizmatlaridan foydalanish, fuqarolar uchun yaratilayotgan yengilliklar suhbat mavzusiga aylandi. O‘z o‘rnida yig‘ilganlar shaxsiy va jamiyat xayoti bilan bog‘liq savollarga qonuniy asoslantirilgan javob oldilar.

Qizg‘in kechgan muloqot onaxonlarning lapar va o‘lanlari orqali sumalak sayliga ulandi.Navro‘z o‘ziga xos milliy bayram. U millatning asriy qadriyatlari, xayot tarzini mohiyatida jam etgani bilan ahamiyatlidir.Milliy taomlar-u liboslardan tortib, hunarmandchilik namunalari,qadimiy o‘yin va sport turlari bayram kuni bor bo‘y-basti  bilan o‘zini namoyon etadi.Navro‘zning shukuhi ham aslida shunda.Sumalak sayli ayyom tantanalari bilan davom etdi.

Ayyom arafasida yosh-u keksadan hol so‘rash go‘zal udumlarimizdan biri. Tadbir mobaynida adliya organlari vakillari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshi ulug‘ onaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj  oilalarni yo‘qladilar.Shu kuni adliya tizimi xodimlari tomonidan fuqarolarning nafaqaga chiqish, aliment undiruvi, mehnat va oilaviy munosabatlar va davlat xizmatlaridan foydalanishga oid 10 ga yaqin murojaatlari ijobiy hal etish maqsadida yozib olindi.