Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

KONSTITUTSIYANING YAGONA MUALLIFI XALQDIR!


Xabaringiz bor, hozirda yurtimiz bo‘ylab keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar  bo‘yicha qonun loyihasi hamda ushbu loyihaga aholi tomonidan bildirilgan takliflar keng muhokama qilinmoqda.

Bu borada adliya organlari ham joylarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etib kelayapti.Navbatdagi muloqot ichki ishlar organlari muassasalarida soha vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Qayd etilganidek, joriy yilning 20-may kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, faoliyatini boshladi. Komissiya tarkibiga deputatlar, senatorlar, Oʻzbekistonning barcha hududlaridan vakillar, fuqarolik jamiyati institutlari, huquqshunoslar, siyosatshunoslar va boshqa mutaxassislar kiritildi. Aholidan bu boradagi takliflarini qabul qilish uchun bir qator platformalar ishga tushirildi. 

Tadbirda shu haqda so‘z yuritilar ekan, konstitutsiyaviy islohotlar “Inson qadri-oliy qadriyat!” tamoyili asosida amalga oshirilayotgani, taklif etilayotgan normalar aynan shu jihatlari bilan xalqqa yanada yaqin ekanligi ta’kidlandi. Bunda ayniqsa, ijtimoiy himoya, ta’lim, oila institutini yanada mustahkamlash, ayollar va bolalar huquqlari, mulk daxlsizligi, himoyalanish huquqining yanada kengaytirilayotganiga alohida urg‘u berildi