Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“HASHAR – ELGA YARASHAR”


Respublikamiz bo‘ylab keng  ko‘lamda o‘tkazilayotgan umummilliy xalq hashari Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.Adliya boshqarmasi va tuman shahar adliya bo‘limlari xodimlari erta tongdan obodonlashtirish va tozalik yumushlariga kirishib ketdilar.

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

O'zbek xalqi azal-azaldan "Navro'z" nafasi kelishi bilan yurtini obod qilish uchun, ariq va zovurlarini tozalaydi. Atrof-hududlarni maishiy chiqindilardan tozalab, ko'chalariga suv sepib supirishadi. Daraxt va nihollarga shakl berilib shu orqali yurt obodligini, ko'rkamligini saqlashga xizmat qilishadi.

Bu qadriyat adliya organlari tizimida ham bardavom.Soha vakillari ahillikda xayirli ishga bel bog‘lashgan. 
 
Ofis xonalaridan bino hovlilarigacha, avtoturargohlar-u, ijtimoiy soha ob'ektlari, omborxonalarda hashar o'tkazildi. Beton to'siqlarga ohak surtilib, temir jihozlarga bo'yoq tortildi. Jamiyat tasarrufidagi yer maydonlari borki, barchasiga manzarali daraxtlar ekilib, gul ko'chatlari o'tqazish uchun tayyorlab qo'yildi.                                                                                                                                                                                                                                                              
Shundan so‘ng, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishildi. Adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonida bino hovlilari atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.