Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

QONUN OLDIDA BARCHA BAROBAR!


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, viloyat ayollarni moslashtirish va reablitatsiya qilish markazi hamkorligida Nurota tumanida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Dastlabki muloqot tuman obodonlashtirish tashkilotida faoliyat yuritayotgan ayollar bilan o‘tkazildi.Suhbat avvalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif etilayotgan normalar, ularning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, qonunchilikda xotin-qizlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning amaldagi ijrosi xususida ham so‘z yuritildi. Shundan so‘ng, gendr tenglik, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha mavjud tartiblar, amaldagi chora-tadbirlar suhbat mavzusiga aylandi.

Nurotalik ayollar bilan uchrashuv hududdagi mahalla fuqarolari yig‘inlarida davom etdi.Joylarda tegishli mutaxassislar ishtirokida sayyor qabul, ochiq muloqot va yakka tartibdagi qabullar tashkil etildi.

Qabullar davomida adliya organlari tomonidan ayollarning, mehnat huquqlari, bandlik, nafaqaga chiqish,oilaviy munosabatlarga doir murojaatlari ish yurituvi uchun yozib olingan bo‘lsa, ruhiy-psixologik,ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq vaziyatlar  o‘z o‘rnida hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.