Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"Ushtobe"da sayyor xizmat


"Ushtobe"da bir kun yashagan odamgina cho‘lda turmush kechirishning noqulay tomonlarini biladi. Ammo, mahalliy aholi ovulini hech bir manzilga almashtirmaydi. Boisi, odamzot uchun kindik qoni to‘kilgan joy qadrlidir. Bugun cho‘l hududlarida ham odamlarning biznesi yurishgani bois yakka tartibda tadbirkorlik qilish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tmoqda. 
 
Konimex tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlarining "Ushtobe" ovullarida o‘tkazgan mobil xizmati jarayonida ikki nafar  nafar fuqaro o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Endi ular  umumiy ovqatlanish shaxobchasi, savdo majmuida tadbirkorlik qiladi. Aslida bu hudud odamlari uchun bunday serviz zarur.

Mobil sayyor xizmat tumandan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan ovul odamlarining 46 nafariga davlat xizmatini ko‘rsatdi. 46 nafar fuqaroning yumushi o‘z ovulida bitdi. Aytmoqchi, fuqarolar mobil-ID tizimdan ham o‘tkazilmoqda.