Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

KONSTITUTSIYANING YAGONA MANBAI VA MUALLIFI XALQDIR!


Navoiy viloyat hokimligi, viloyat yuridik texnikumi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahridagi mahalla raislari,  hokim yordamchilari,  profilaktika inspektorlari ishtirok etgan mazkur muloqot mobaynida, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.

Xususan, so‘nggi yillarda xalq bilan muloqot tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, mantiqsiz “propiska” tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan talablarning belgilanganligi, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan hurmatning yangi bosqichga ko‘tarilganligi, majburiy mehnatdan voz kechilganligi va bu bir qator qulayliklar joriy etilgani aniq misollarda keltirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozimligi, shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining uchta bosqichini aniq belgilab bergani alohida qayd etib o‘tildi.

Muloqot davomida loyihada taklif etilayotgan normalar va ularning mazmun -mohiyati mahalla faollariga tushuntirib o‘tildi.