Янгиликлар
27
Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki”
Uchquduq tuman Adliya bo'limi tomonidan tuman Oila va xotin qizlar bo`limida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning uzviy qismi bo‘lib, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratish, inson shaʼni va qadr-qimmatini qonun darajasida taʼminlash hamda Asosiy qonunimizni jamiyatdagi islohotlarga moslashtirishda muhim hodisa ekanligi taʼkidlandi.Uchrashuv davomida Qonun loyihasiga kiritilayotgan yangiliklar oila,yoshlar,ayollar huquqlari to‘g‘risida so`z yuritildi hamda referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.