Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

HAR KIM MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN BEPUL FOYDALANISH HUQUQIGA EGA


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Muloqotda loyiha bilan amaldagi konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida tushuncha berilib, 48-modda sharhiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, loyihada ko‘rsatilgani kabi, Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqliligi, davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻrishi haqida tushuntirilib, amaldagi qonun hujjatlari mazmuni to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, zaharlanishni oldini olish borasida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan hujjatlar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.