Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA TARG‘IBOTI QIZILTEPADA


        Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari ham jazoni ijro etish muassasalarida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Muloqotda Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida ta’kidlandi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi qayd etildi. Shu ma’noda yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi e’tirof etildi.
Shundan so‘ng, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga tushuncha berib borilayapti.Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilayapti.