Янгиликлар
28
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA TARG‘IBOTI NUROTADA
Nurota tuman adliya bo‘limi va mas'ul tashkilotlar hamkorligida tuman hokimligi binosida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Muloqotlar davomida, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga targ‘ibot materiallari asosida huquqiy tushuncha berildi. Shuningdek, qonun loyihasi bilan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik, aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’lim sohasi, jinoyat huquqi sohasida kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida ham so‘z yuritildi. Ayni paytda hududda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilayapti.