Янгиликлар
29
BEPUL TIBBIY XIZMAT KAFOLATLANADI
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari xodimlari ishtirokida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda soha vakillarining 200 ga yaqini ishtirok etib, tuman, shahar tibbiyot bilashmalari ZOOM platformasi orqali muloqot ulandilar.Kengaytirilgan seminar davomida Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida ta’kidlandi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi qayd etildi. Shu ma’noda yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi e’tirof etildi.Shundan so‘ng, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga tushuncha berib borilayapti. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilayapti.