Янгиликлар
29
FUQAROLARNING MEHNAT HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan NGMK Navoiy mashinasozlik zavodida konstitutsiya loyihasi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Muloqotda konstitutsiya loyihasi bilan mehnat qonunchiligiga taklif etilayotgan tartiblar sharhiga alohida e’tibor qaratildi.Xususan, har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, uning jamiyatda to‘laqonli faoliyat yuritishi, ijtimoiy sohalar rivojiga qaratilgan moddalar turli shakldagi ko‘rgazma vositalari orqali izohlab berildi.
Konstitutsiya loyihasi doirasida tashkil etilgan huquqiy muloqot badiiy jamoalarning chiqishlari bilan bayramona ruhda davom etdi.