Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

QAT’IY INTIZOM – TINCHLIK GAROVI!


Navoiy adliya boshqarmasi masʻullari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 825-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi

Muloqotda Jinoyat kodeksiga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum ogʻir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini ,oʻta ogʻir jinoyati uchun esa toʻrtdan uch qismini oʻtaganidan keyin qoʻllanilishiga oid oʻzgartish kiritilgani,mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish esa tegishli ogʻir jinoyat uchun jazoning yarmini  hamda oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini oʻtagandan keyin qoʻllanilishi tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, taʼkidlandiki, kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishi lozim.
Suhbat davomida, mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritilgani, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga  taqdimnoma kiritish huquqi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.