Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Onlayn muloqot. Advokatura sohasidagi islohotlar, muammo va yechimlar.


Har bir tizimda bo‘lgani singari advokatura sohasida raqamlashtirish davr talabiga aylandi. Ayni kunda “Yuridik yordam” axborot tizimi ishlab chiqilib, unda advokatlarning shaxsiy kabineti, advokatlarning elektron reyestri, “elektron advokatlik orderi”ni olish va kabi keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu borada 2022-yil 30-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 263-sonli qarori bilan advokatura sohasi raqamlashtirish bilan bog‘liq vazifalar ijroga qaratilgan.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar” mavzusida onlayn rejimda videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi ochiq muloqotda viloyat adliya boshqarmasi, 100 nafarga yaqin Advokatlar palatasining viloyatdagi vakillari ishtirok etdi. Videomuloqotni  Adliya vaziri o‘rinbosari Muzrob Ikramov boshqarib, bugungi kunda advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali advokatura sohasi tubdan yangilanayotganligi, bu orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish yangi bosqichga olib chiqilayotganligi haqida fikr mulohaza bildirdi.

Videomuloqotda yuridik yordamga ehtiyoji bor fuqarolar uchun davlat hisobidan uchinchi shaxslar ishtirokisiz advokatni avtomatik elektron tanlash yo‘li bilan xizmat olish imkoniyatlari mavjudligi xususida fikr bordi. Ochiq muloqotda respublika advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov ham mamlakatimizda advokatura sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab sohadagi yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.

Muloqot davomida advokatlar sohaga oid qiziqtirgan savollar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berib o‘tdilar.