Янгиликлар
30
“Referendum: Oʻzbekiston — ijtimoiy, huquqiy davlat"
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yuridik texnikumning pedagog-xodimlari va yoshlari ishtirok etgan mazkur muloqot mobaynida, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.
Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktori o'rinbosari Dilshod Murtazayev, adliya boshqarmasi mas'uli Dildora Kattayeva hamda huquq o'qituvchisi Mirzohid Sobirovlar tomonidan yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozimligi, shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining uchta bosqichini aniq belgilab bergani, referendumda barcha viloyatdoshlarimizni faol ishtirok etishlari muhim ekanligi alohida qayd etib o‘tildi.
Muloqot davomida loyihada taklif etilayotgan normalar va ularning mazmun -mohiyati bo'lg'usi huquqshunoslarga atroflicha tushuntirib o‘tildi.