Янгиликлар
31
Adliya :Tunda ham xizmatdamiz.
Odatda bunday vaqtda hech qachon post joylamaganmiz. Ammo, bugun Navoiy shahar Davlat xizmatlari markazida "so'nggi mijozgacha" tamoyilida ishlayotgan xodimlar uchun istisno tarzda shunday qarorga keldik. Boisi, 31-mart kunining so'nggi daqiqalarigacha haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirayotgan fuqarolar uchun mohi Ramazonda iftorlik shirinliklari tarqatildi.
Yana 14 daqiqadan so'ng 2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalarini yahgisiga almashtirish muddati yakuniga etadi.
1-apreldan boshlab bunday haydovchilik guvohnomalari o‘tmaydi va haydovchi jarimaga tortilishi mumkin. Jarimasi (MJtKning 135-moddasi birinchi qismi) 300 ming so‘m (1 baravar) bo‘ladi. Darvoqe, faqat hujjatsiz avtomashina boshqargan fuqarolargina jarimaga tortiladi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga ulgurmagan 1-aprel va undan keyingi sanalarda muddati o'tgan "prava"sini yangisiga almashtirishi mumkin. Bu jarayonda fuqarodan hech qanday jarima undirilmaydi.