Янгиликлар
03
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR – INSON QADRI UCHUN
Gʻozg‘on shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri 4-sektor hududida joylashgan 1-son DMTT da bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Gʻozg‘on shahar hokimi A.Bazarov, shahar DSI rahbari M.Ramazonova, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Safarov, Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyat mudiri F.Kushakov va boshqa mas’ullar tomonidan DMTT xodimlari hamda "Guliston" mahallasi aholisiga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar, yangi modda va normalar haqida tushunchalar berib o‘tildi.