Янгиликлар
04
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA TARG‘IBOTI QIZILTEPADA
Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Muloqotlar davomida, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga targ‘ibot materiallari asosida huquqiy tushuncha beriib borilayapti.Shuningdek, qonun loyihasi bilan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik, aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’lim sohasi, jinoyat huquqi sohasida kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida ham so‘z yuritilmoqda.
Ayni paytda hududda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilayapti.