Янгиликлар
04
MAHALLA ORALAB!
Xatirchi tumani adliya bo‘limi tomonidan mahallalar kesimida aholiga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda.
Muloqotlar davomida Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, konstitutsiyaning 1, 13, 15, 22, 24, 41-moddalariga kiritilishi koʻzda tutilayotgan oʻzgartirishlar qizgʻin muhokama qilindi. Shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar aynan 41-moddaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar xususida mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Kiritilayotgan oʻzgartirishlarda inson, uning hayoti, qadr-qimmatini ulugʻlash, dahlsiz huquq va manfaatlarini mustahkamlash kabi prinsiplarga asosiy urgʻu berilayotgani taʼkidlandi.