Янгиликлар
05
NAVOIYDA "KONSTITUTSIYA - KELAJAGIMIZ KAFOLATI" MAVZUSIDAGI HUQUQIY AKSIYAGA START BERILDI
“Konstitutsiya -kelajagimiz kafolati” mavzusidagi huquqiy sayl davom etmoqda. Bunda davlat organlari va tashkilotlari hamkorligida ko‘rgazma pavilion tashkil etildi.
Tadbirga tashrif buyuruvchilar yo‘l harakati qoidalari, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishlatiladigan vositalar,fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashda qo‘l keladigan uskunalar, harbiy avtotransportlar,robotatexnika namunalari va albatta milliy hunarmandchilik turlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Aytib o‘tish kerak, Navoiy viloyati respublikamizda turli millat vakillari istiqomat qiladigan hududlardan biri sanaladi. Shu bois, viloyatda 7 tilda dars beradigan umumta’lim maktablari ham tashkil etilgan. Huquqiy sayl mobaynida beshdan ortiq milliy madaniy markazlar vakillarining namoyishi orqali yig‘ilganlar turfa millat vakillarining qadriyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.