Янгиликлар
06
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA TARG‘IBOTI KONIMEXDA XATIRCHIDA
Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Muloqotlar davomida, konstitutsiya loyihasida ilgari surilayotgan takliflar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yig‘ilganlarga tushuncha berib borilayapti. Shuningdek, qonun loyihasi bilan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik, aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’lim sohasi, jinoyat huquqi sohasida kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida ham so‘z yuritilmoqda.
Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilayapti.