Янгиликлар
07
Konstitutsiyaviy islohotlar targʼiboti
Mamlakat hayotidagi muhim tadbirlardan biri - Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.
Ma'lumki, davlat xizmatlari markazi aholi eng ko'p kiradigan manzillardan biri. Fuqarolarni Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida keng xabardor qilish maqsadida hududlarda keng ko‘lamda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ishlarni yanada kuchaytirish, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni aholining barcha qatlamlariga yetib borishini ta’minlash maqsadida Karmana tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan fuqarolarga targ‘ibot ishlari amalga oshirilib buklet va flayerlar tarqatilmoqda.