Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL


Ayni vaqtda aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, aholida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Navbahor tumani "Guliston" MFY binosida sayyor qabul oʻtkazilmoqda. 

Qabulda tuman hokimi Azamat O'roqov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Razzoqov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i E.Fayzullayev, sektor rahbarlari, korxonalar rahbarlari, mahalla faollari va 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishmoqda. 

Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, taʼlim, tadbirkorlik va chorvachilik yoʻnalishlarida krediti olish, davolanish uchun pul mablagʻi olish, sud-xuquq masalasi, uy-taʼmiri, ishga joylashish  kabi murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalarni olmoqdalar. 

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilinmoqda. 

Vaqt talab etiladiganlariga  tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berilmoqda.