Янгиликлар
10
Konstitutsiyaviy islohotlar targʼiboti
Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan NKMK Jamg‘armasida konstitutsiya loyihasi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
targ‘ibot davomida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati, referendum o‘tkazish tartibi, shuningdek, yangi tahriridagi bosh qomusimizdagi o‘zgarishlar bilan birga ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so‘ngida Jamg‘arma xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga Navoiy shahar adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti E.Abdurahmonov tomonidan qonuniy va to‘liq javob berildi.